Bemorim akkaunti va maʼlumotlarini oʻchirish

Bemorim akkauntini va unga bogʻlangan maʼlumotlarni istalgan vaqtda oʻchirishingiz mumkin.

Oʻchirishni qanday soʻrash kerak

  1. Akkauntga bogʻlangan pochta yoki raqamdan help@bemorim.uz manziliga yozing. Mavzu: "Akkauntni oʻchirish".
  2. Bemorimga kirishda ishlatadigan telefon yoki emailingizni koʻrsating.
  3. Shaxsingizni tasdiqlaymiz va akkauntni 30 kun ichida oʻchiramiz. Yakuni haqida javob xatida xabar beramiz.

Nima oʻchiriladi

  • Profil: ism, telefon, email, rol.
  • Kirish maʼlumotlari va tokenlar, sozlamalar, saqlangan qurilmalar.
  • Siz yuklagan fayllar va hujjatlar.

Nima saqlanib qolishi mumkin

Qabul haqidagi tibbiy yozuvlar ularni yuritayotgan klinikaga tegishli. Qonun klinikani ularni belgilangan muddat saqlashga majbur qiladi, shuning uchun yozuvlar klinikada qoladi, akkauntingizga bogʻlanish esa oʻchiriladi. Zaxira nusxalar oʻchirilgandan keyin 30 kun ichida tozalanadi.